Zulfiyaxonim tavallud kuni — ehtirom, ulg’ayish, anglash bayrami!

O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya betakror iste’dodi, Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg‘usini, oliyjanob insoniy fazilatlarini yuksak pardalarda tarannum etgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo‘shgan.

Bahorning ilk kuni ardoqli shoiramizning tavallud kuni bilan boshlanishida ham ramziy ma’no bor. Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida go’zal qalb va betakror iste’dod egasi Zulfiyaxonim tavalludi chin ma’noda ehtirom, ulg’ayish, anglash bayramiga aylandi.

O‘zbekiston milliy universitetining videkonferensiyalar zalida O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludi munosabati bilan Respublikadagi oliy ta’lim muassasalari bilan bog‘langan holda videomuloqot bo‘lib o’tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan